Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Rivian kompaniyasi Teslaʼning mashhur Full Self-Driving (FSD) tizimiga o‘xshash yangi avtopilot texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbari Ri Jyey Skarinjning ma’lum qilishicha, yangi tizim 2026 yil oxirigacha taqdim etiladi.
Rivian rahbarining aytishicha, yangi avlod avtopiloti haydovchi nazorati ostida avtomobilni boshlang‘ich nuqtadan belgilangan manzilgacha mustaqil boshqara oladi. Bu funksiya jihatidan Teslaʼning Full Self-Driving tizimiga juda yaqin bo‘ladi.
Hozirda Rivian avtomobillarida Universal Hands-Free deb nomlangan yordamchi tizim mavjud bo‘lib, u asosan belgilangan yo‘llarda rul va tezlikni boshqarishga yordam beradi. Yangi texnologiya esa burilishlar, svetoforlar, aylanma harakat yo‘llari va shahar ko‘chalaridagi harakatni ham boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kompaniya rejasiga ko‘ra, mazkur funksiya avval ikkinchi avlod Rivian avtomobillari va yangi R2 modelida joriy etiladi. Keyinchalik tizim yanada takomillashtirilib, 2027 yilda haydovchining doimiy nazoratisiz harakatlanish imkoniyatini berishi kutilmoqda.
Rivian avtonom haydov sohasida Teslaʼdan farqli ravishda kameralar bilan bir qatorda radar, ultratovush datchiklari va yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlaridan ham foydalanmoqda. Kompaniya kelajakda LiDAR texnologiyasini ham keng joriy etishni rejalashtirgan.

Mutaxassislar fikricha, Rivianʼning bu qadami elektromobil bozorida avtonom haydov texnologiyalari bo‘yicha raqobatni yanada kuchaytirishi mumkin. Ayniqsa, Tesla, Waymo, Mobileye va boshqa kompaniyalar avtopilot imkoniyatlarini kengaytirish uchun faol kurash olib borayotgan bir paytda Rivian ham ushbu bozorning muhim o‘yinchilaridan biriga aylanishga intilmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 18.06.2026
Jaguar Land Rover elektromobillarga oid rejalarini o‘zgartirdi
21:02 / 15.06.2026
BMW tajovuzkor M3 Neue Klasse elektromobili konsepsiyasini taqdim etdi
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
10:08 / 11.06.2026