Texnologiya | 20:13
626
2 daqiqa o‘qiladi

Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi

Har yili yuzlab Android smartfonlari ishlab chiqariladi, ammo ular orasida mukammallari hali ham yo‘q. Nothing kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarining istaklarini to‘plash va tahlil qilish orqali shunday «orzudagi smartfonni» yaratishga qaror qildi.

Foto: YouTube/ NothingTechnology

Auditoriya 6 dyuymdan kichik ixcham ekran, quloqchinlar uchun ulagich va microSD uyasi, shuningdek, old kamera uchun kesik, bo‘rtib turgan kamera modullari va ortiqcha ilovalar bo‘lmasligini xohladi.

Ishlab chiquvchilar ushbu so‘rovlarning barchasini hisobga oldi va natija kutilmaganda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, suriladigan selfi-kamerali yechimi ajralib turadi.

Albatta, murosasiz bo‘lmadi. Masalan, olinadigan batareyaning sig‘imi 3 800 mA·soat bilan cheklangan: yaratuvchilar korpusni qalinlashtirishni xohlamagan, garchi konsepsiya hali ham zamonaviy modellardan kattaroq bo‘lib chiqqan bo‘lsa-da. Ammo smartfonda hech qanday bo‘rtiqlar yo‘q.

Bu «orzudagi smartfon»ni sotib olib bo‘lmaydi. Bu barcha istaklarni bitta qurilmaga yig‘ish va bunday qurilma qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun o‘tkazilgan tajriba edi.

Ko‘pchilikka konsepssiya yoqdi va ba’zilar hatto Nothing Phone (4b) o‘rniga buni ishlab chiqishni taklif qilishdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid