Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
Xitoyning LineShine kompaniyasi dunyoning eng kuchli superkompyuterlari Top-500 reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
LineShine High Performance Linpack (HPL) benchmark bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi va ikkinchi o‘rindagi Amerikaning El Capitan kompyuteridan 22 foiz tezroq (2.198 eksaflops) natijani qayd etdi.
Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni mos ravishda Frontier va Aurora kompyuterlari egalladi, Germaniyaning JUPITER Booster mashinasi kuchli beshlikni yakunladi.
Aprel oyida taqdim etilgan LineShine Shenzhen bulutli hisoblash markazi (Shenzhen Cloud Computing Center) tomonidan ishlab chiqilgan va Shenzhen Milliy superkompyuter markazida (NSCS) joylashgan. U Xitoyning LX2 protsessorlari va Kylin operatsion tizimida ishlaydi, taxminan 42,2 MVt elektr energiyasini iste’mol qiladi va uning bosh ishlab chiqaruvchisi Lu Yuytunning so‘zlariga ko‘ra, ham ilmiy maqsadlarda, ham sun’iy intellekt vazifalari uchun ishlatilishi mumkin.
LineShine muvaffaqiyati «xorijiy texnologik cheklovlarga qaramay, Xitoy superkompyuter sanoati uchun mustaqil dasturiy-apparat ekotizimini shakllantirishda tarixiy qadamdir», deb The Wall Street Journal NSCS bayonotidan iqtibos keltirdi.
Xitoy superkompyuteri 2017 yildan beri birinchi marta reytingni boshqardi.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026