O‘zbekiston | 08:47
613
1 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi raqamli tizim joriy etiladi

2026 yil 1 iyuldan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida «Raqamli komplayens» axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida ishga tushiriladi. Yangi tizim davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini tezlashtirish va ichki nazorat jarayonlarini raqamlashtirish imkonini beradi.

Qonunchilikka muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan «Raqamli komplayens» axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida faoliyat boshlaydi.

Mazkur tizim korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini ta’minlaydi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari «Raqamli komplayens» bilan integratsiya qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.

Tizim tarkibidagi E-Komplaens modulini ishga tushirish orqali esa davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur raqamli yechim korrupsiyaga qarshi profilaktika choralarini kuchaytirish, ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid