Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
Quva tumani hokimi Halimjon Umarovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Unda amaldor fermerni haqoratlagani hamda yerni majburan topshirish haqida ko‘rsatma bergani eshitiladi. Farg‘ona viloyati hokimligi holatga aniqlik kiritish uchun xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirgan.
Quva tumani hokimi Halimjon Umarov fermerni haqorat qilgani aytilmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, audioyozuvda Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ekani taxmin qilinayotgan shaxs fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ulardan birini haqorat qilgan. U yerni majburan topshirishga ko‘rsatma bergani eshitiladi.
“Ey sen, k.., gaplashging kelmayaptimi men bilan? ...qa o‘yin qilyapsanmi? 3 kundan beri axtaraman seni, topilmaysan. ... tiqib qo‘yaymi hozir?! Tiqilging kelyaptimi?”, degan amaldor fermer bilan suhbatda.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati izoh berib, holatga aniqlik kiritish uchun xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Halimjon Umarov 2021 yil fevralidan Quva tumani hokimi lavozimida ishlab keladi. Bungacha u Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni qo‘pol haqoratlab, hatto onasidan so‘kkandi. Holat o‘z tasdig‘ini topib, hokimga hayfsan berilgandi.
Mavzuga oid
18:13 / 21.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi
19:38 / 02.04.2026
To‘rtta viloyatda zararkunanda chigirtkalar tuxumdan chiqa boshladi
19:30 / 15.03.2026
O‘zbekistonga Xitoydan 100 ta agrodron olib kelindi
15:41 / 23.02.2026