Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalarga kamida to‘rtta dron uchirdi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. U Eron hukumatini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron dronlaridan biri yuk kemasining yuqori palubasiga zarba bergan. U shikastlangan, ammo yo‘lni davom ettira olgan. Qolgan uchta dron amerikalik harbiylar tomonidan urib tushirilgan.
«Bu bizning o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvimizning ahmoqona buzilishi ekani aniq», deb yozdi AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqda.
25 iyun kuni Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari boshqarmasi (UKMTO) Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi Ummon qirg‘oqlarida kemaga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi. The Wall Street Journal nashrining amerikalik manbalariga ko‘ra, kemaga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) zarba bergan. Hujum tufayli BMT Xalqaro dengiz tashkiloti dengizchilarni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan evakuatsiya qilishni to‘xtatdi.
18 iyun kuni Eron va AQSh o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi kuchga kirdi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali erkin kema qatnovi memorandum bandlaridan biri bo‘ldi. 25 iyun kuni IIQK Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali faqat Eron hukumati tomonidan tasdiqlangan yo‘llar orqali xavfsiz o‘tish mumkinligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07 / 25.06.2026