Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kunidan boshlab yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati +39 darajagacha isiydi.
Juma kunduzi respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechqurun Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +30…+33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +35…+37 darajagacha bo‘ladi.
Shanba kuni faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa mudatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo +34…+37 darajagacha, janubda +39 darajagacha isiydi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 3 iyulda shamolda va cho‘l hududlarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
3–4 iyul kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda juma kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +31…+33 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +31…+33 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +34…+36 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10 metr/soniya gacha kuchayishi mumkin.