Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat ko‘tariladi
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda havo kunduzi +39…+42 darajagacha isiydi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
6–11 iyun kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi odatiy yozgi ko‘rsatkichlarga asta-sekin qaytadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga xos chegaralarda qoladi.
Dushanba kuni kunduzi havo +34…+37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat +37…+40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat asosan kunduz kunlari +39…+42 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 6–11 iyul kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Dushanba va seshanba kunduzgi havo harorati +35…+38 daraja bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin +38…+40 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari +22…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:35 / 03.07.2026
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
15:36 / 29.06.2026