Ta’lim | 18:33
1035
1 daqiqa o‘qiladi

Qanday hollarda 1-sinfga qabul qilish rad etilishi mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 1-sinfga qabul bo‘yicha arizani qaysi holatlarda rad etish mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:

  • bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olishi tavsiya etilmagan bo‘lsa;

  • bola tanlangan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

  • ariza (so‘rovnoma)da ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekani aniqlansa.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’kidlashicha, mazkur holatlardan tashqari boshqa asoslar bilan bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid