Avto | 21:30 / 16.07.2026
1346
2 daqiqa o‘qiladi

Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi

Toyota 2027 yilgi yangilangan Crown modelining ilk tasvirlarini ko‘rsatdi. Krossover sentabr oyi o‘rtalarida debyut qiladi va yangi dizayn hamda beshinchi avlod gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanadi.

Foto: Toyota

Toyota 2027 yilgi yangilangan Crown krossoverining ilk tasvirlarini namoyish qildi. Avtomobil premerasi sentabr oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.

Modelning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar unchalik katta emas. Ishlab chiqaruvchi kuzovning avvalgi qora rangini yangi Neutral Black tusiga almashtiradi. RS versiyasida qizil tormoz supportlari boshlang‘ich komplektatsiyada bo‘ladi. Bundan tashqari, avtomobil gorizontal nur qaytargichlarga ega biroz o‘zgartirilgan bamper bilan jihozlandi.

Salonda jiddiy o‘zgarishlar kutilmayapti, biroq Toyota jihozlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqdi. Qishki paket va rul osti uzatmalarni o‘zgartirish richaglari barcha versiyalarning standart jihozlariga kiritiladi. Opsiyalar ro‘yxatidan raqamli orqa ko‘rinish oynasi va ixcham zaxira g‘ildiragi olib tashlanadi. Z va RS komplektatsiyalari standart tarzda raqamli kalit bilan ta’minlanadi.

Yaponiyaning Creative Trend nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yangilangan Toyota Crown beshinchi avlod gibrid tizimi bilan jihozlanadi. Bu tizim 2,5 litr hajmli atmosfera dvigatelini yanada kuchliroq elektromotor bilan birlashtiradi. Qurilmaning umumiy quvvati 236 ot kuchiga yetadi, bu hozirgi versiyadan 5 ot kuchiga ko‘proqdir.

Shu bilan birga, 2,4 litrli turbomotor va ikkita elektr dvigatelga ega unumdorligi yuqoriroq Dual Boost gibrid tizimi o‘zgarishsiz qoladi. Uning quvvati avvalgidek 344 ot kuchini tashkil etadi.

Yangilangan Toyota Crown haqidagi to‘liq ma’lumotlar sentabr oyi o‘rtalarida oshkor qilinadi — kompaniya uning texnik xususiyatlari va narxlarini e’lon qiladi. Hozir modelning Yaponiya bozoridagi narxi 40 ming dollar atrofida.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid