Avto | 18:11
870
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi

2026 yilning birinchi yarmida Xitoyda 8,7 million yangi yengil avtomobil sotildi.

Foto: Getty Images/Bloomberg

2026 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik avtomobil bozori, sotuvlar 20 foizga kamaysa-da, Xitoy bo‘lib qolmoqda. Shu davrda u yerda 8,7 million yangi yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi - 4,7 millioni yangi energiya manbalarida ishlaydigan avtomobillar (NEV) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ikkinchi o‘rinni AQSh saqlab qoldi. Amerika bozori 4,1 foizga qisqarib, 6,42 million avtomobilni tashkil etdi. Uchinchi o‘ringa Hindiston ko‘tarildi, u yerda sotuvlar 18,6 foizga oshib, 2,6 million avtomobilni tashkil etdi. Shu tufayli mamlakat yarim yillikni 2,39 million avtomobil (+1,8%) bilan yakunlagan Yaponiyani ortda qoldirdi.

Dunyoning eng yirik avtomobil bozorlari beshligini Germaniya 1,48 million sotilgan avtomobil (+5,8%) bilan yakunladi. Keyingi o‘rinda Braziliya bo‘lib, u yerda sotuvlar 18,5 foizga oshib, 1,42 million avtomobilga yetdi.

Dunyodagi eng yirik avtomobil bozorlarining birinchi o‘ntaligiga Kanada (950 ming avtomobil), Italiya (936,4 ming), Fransiya (857,2 ming) va Janubiy Koreya (845,4 ming) ham kirdi.

Rossiya dunyodagi eng yirik avtomobil bozorlari orasida 14-o‘rinni egalladi. Olti oyda mamlakatda 608,6 mingta yangi yengil avtomobil sotilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid