Google tarjima xizmatida Rossiya nega Mordorga aylanib qolganini tushuntirib berdi
Google Translate servisi ukrain tilidan “Rossiya” so‘zini tarjima qilishda ruscha natija “Mordor” bo‘lib qolayotgani bilan bog‘liq xato tez orada tuzatilishini va'da qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Google Translate servisi ukrain tilidan rus tiliga ayrim so‘zlarni g‘alati tarzda o‘gira boshlagani xabar qilingan edi. Jumladan, ukrainchada "Rosіyska Federatsіya" deb yozilganida, ruschaga bu "Mordor" deb “tarjima” qilinadi.
Ma'lumot uchun, Mordor Jon Tolkiyen olamidagi (“Uzuklar hukmdori”) yovuzlik makonidir. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning sharifi yozilganida ruschaga “grustnaya loshadka” (“ma'yus toycha”) deb “o‘giriladi”. Bundan tashqari, "rosіyani" (rossiyaliklar) so‘zi "okkupanty" (bosqinchilar) deb berilayotgan edi, ammo hozir bu holat bartaraf qilingan.
“Google Translate avtomatik tarjimon bo‘lib, u odamlar ishtirokisiz ishlaydi, faqat algoritmlardan foydalanadi. Google Translate avtomatik tarjimani hosil qilganida u yuz millionlab hujjatlarning namunalaridan foydalanadi va qaysi variant eng to‘g‘riligini aniqlaydi”, - tushuntirdi matbuot xizmati xodimi.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, “avtomatik tarjima qiyin tizim bo‘lib, so‘zlarning ma'nosi ular qo‘llanadigan kontekstga bog‘liq”.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
O‘zbekiston | 12:06
-
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi
Jahon | 11:58
-
Eron BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 11:39
-
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi
Jahon | 11:03