22 iyun tongida Isroilning şimoliy va markaziy qismlarida Eron tomonidan raketa zarbalari xavfi sabab havo trevogasi sirenalari yangradi. Aholiga pana joylarga köçiş buyurildi.

Ta’kidlanişiça, Eron hujumi bir neça tölqinlarda davom etgan. Isroil Mudofaa armiyasiga köra, Eron tomonidan jami 20–30 ta ballistik raketa uçirilgan.

Magen Devid Adom milliy tibbiyot xizmatining ma’lum qilişiça, qutqaruvçilar mamlakatning öndan ortiq joylariga raketa va snaryad parçalari kelib tuşganiga oid xabarlarni qayd etgan.

Hujum oqibatida kamida 11 kişi jarohat olgan.

Qayd etilişiça, hujum Amerika harbiylari tunda Eron yadroviy dasturi obektlariga bergan zarbalaridan keyin amalga oşirilgan.

Eron yadroviy inşootlariga 22 iyunga ötar keçasi hujum qildi. Ğarb OAVga köra, AQŞ Harbiy-havo kuçlari zarba berişda B-2A Spirit bombardimonçisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yöq qilinganini ma’lum qildi.

Öz navbatida Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi AQŞ xalqaro huquq va yadroviy qurolni tarqatmaslik rejimini «qöpol buzgani»ni bildirdi. «Bugun tongdagi voqealar ablahona va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. BMTning har bir a’zosi bu nihoyatda xavfli, qonunsiz va jinoyatkorona xatti-harakatdan taşvişlanişi lozim», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmoğiga.

Şuningdek, Arağçi BMT Nizomi qoidalariga muvofiq, Eron özini mudofaa qiliş tartibida qonuniy javob çoralarini körişga haqli ekanini aytdi. «Şu asosda, Eron öz suvereniteti, manfaatlari va xalqini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlarni özida saqlab qoladi», — deydi TIV rahbari.