AQŞ Eronga zarba berdi. Uçta yadro obekti, xususan, toğ ostidagi Fordo zavodi hujumga uçragan. Ha, AQŞ duşmanlik tarixida ilk marta Eronga zarba berdi. Şu tariqa Vaşington Isroilning Eronga qarşi uruşiga qöşildi. Işoning, bugundan Yaqin Şarq aslo avvalgidek bölmaydi. Quyida şu haqda.

«Fordo endi yöq»

Isroil ikki haftadan buyon Erondagi yadroviy obektlarga zarba berayotgan, lekin eng asosiy nişon – toğ ostidagi Fordo zavodiga teginib bölmayotgandi. Keyin bu zavodni faqat Amerika «B-2» strategik bombardimonçisi bilan 13,6 tonnali bomba taşlab portlatişi mumkinligi muhokama qilindi va xuddi şunday böldi: manyovr qilişi qiyin, urib tuşiriş nisbatan oson bölgan bahaybat «B-2» Eron osmoniga bemalol uçib borib toğ ostida joylaşgan zavodni bombardimon qildi.

AQŞ Eronning uçta yadroviy obekti Fordo, Natanz va Isfahonga hujum qilgan. «Barça bombalar taşlandi», deb yozdi Tramp. Uning sözlariga köra, operatsiyada qatnaşgan samolyotlar Eron çegaralaridan çiqqan va AQŞ bazalariga qaytmoqda. «Amerikalik ajoyib jangçilarimizni tabriklayman. Dunyodagi heç bir armiya bu işni qilolmasdi, endi tinçlik vaqti keldi. Eron uruşni töxtatişi lozim», deb yozdi Tramp. U keyinroq «Fordo endi yöq», degan postni öz sahifasida ulaşdi.

Isroil boxabar qilingan

Amerika naşrlarining yozişiça, Tramp ma’muriyati zarbadan oldin Isroil tomonini ogohlantirgan. Operatsiya tugagaç, Tramp va Netanyahu telefonda gaplaşdi. Tramp ma’muriyatiga yaqin FOX News'ning yozişiça, toğ ostidagi Fordo zavodiga 6 ta bunkerga qarşi raketa taşlangan. Isfahon va Natanzdagi yadro obektlariga dengizdan turib 30 ta Tomahawk uçirilgan.

Eron tomoni Amerika zarbalarini tasdiqlab, uçala obektdagi barça uskunalar oldindan olib çiqib ketilgani, Tehron zarbadan boxabar bölgani haqida bayonot berdi.

Bu AQŞ zarbasi haqida birlamçi ma’lumotlar edi. Kun.uz'dan uzoqlaşmang, biz kun davomida bu boradagi eng muhim xabarlarni sizga yetkazib boramiz. Yana bir bor eslatmoqçiman: tarmoqda, ayniqsa telegram kanallarda Eron – Isroil uruşi haqida juda köp feyk ma’lumotlar tarqalmoqda. Eng işonçli ma’lumotlarni ötkazib yubormaslik uçun Kun.uz sahifalariga obuna böling. Biz ma’lumotlarni tekşirib keyin sizga yetkazamiz.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.