Ma’lum bölişiça, Isroil Mudofaa Armiyasi 22 iyun soat 3:45 dan 23 iyun 8:00 gaça, mamlakatda xavfsizlik böyiça yangi çeklovlar joriy etgan. Bu qaror mamlakatdagi vaziyatning keskinlaşuvi munosabati bilan qabul qilindi.

Şunga muvofiq:

  • ilgari «çeklangan faoliyat» deb belgilangan hududlarda endi «zarur hollarda faoliyat» tartibi joriy qilindi;
  • barça ta’lim muassasalari öz faoliyatini töxtatadi;
  • barça işlab çiqariş korxonalari yopiladi, faqat harbiy va tinç aholi ehtiyojlari uçun zarur bölgan tarmoqlar bundan mustasno;
  • iş joyiga boriş taqiqlanadi.

«Yurtdoşlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişga, mamlakatda böliş vaqtida ehtiyotkorlikni oşirişga va raketa otişmalari paytida boşpanalarni tark etmaslikka çaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bölib boring”, deyiladi Özbekistonning Isroildagi elçixonasi bayonotida.