Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kyusyu orolidagi vayronakor zilzila yaponlarni qo‘rqitib yubordi
Yaponiyaning Kyusyu orolida 6,4 magnitudali zilzila oqibatida ko‘plab binolar vayron bo‘ldi. Yaponiya Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yesixide Suga ma'lumotlariga ko‘ra, binolarga katta shikast yetgan, biroq ayni vaqtda jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar kelib tushmagan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe devonxonasida favqulodda shtab yaratilgan, u ko‘rsatmalarga ko‘ra choralar ko‘rish zarurati haqida qaror qabul qiladi.
NHK telekanalining ma'lum qilishicha, Masiki posyolkasida uylar ostida bir necha odam qolib ketgan. Telekanal efirida videokameralar qayd qilgan zilzila yozuvi namoyish qilingan. Videoyozuvda xonalar ichida mebel anjomlari tebrangani, odamlar esa yashirinishga harakat qilayotganlarini ko‘rish mumkin.
Zilzila markazi Kumamoto prefekturasida bo‘lib, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Ushbu zilziladan keyin orolda yana bitta 5,7 magnitudali takroriy zilzila bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
22:40 / 06.01.2026