Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
Bundan oldin, aprel-may oylarida kamida 7 nafar O‘zbekiston vatandoshi kunchiqar yurtdan deportatsiya qilingan edi.
Shu kunlarda Yaponiya immigratsiya xizmati mamlakatda noqonuniy yashab kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Yapon elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, deportatsiya qilingan shaxs Yaponiyaga talabalik vizasi bilan borgan va viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketgani sabab hibsga olingan.
Elchixonaning ta’kidlashicha, agar Yaponiyada noqonuniy yashash yoki noqonuniy ishlash holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko‘riladi.
Bundan tashqari, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik qilgan shaxslar haqida ma’lumotni O‘zbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Shu sababli, bunday shaxslarga nisbatan O‘zbekistonga qaytganidan keyin ham tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.
“Iltimos, "Yaponiyada ishlash mumkin" kabi takliflarga osongina ishonmasligingizni so‘raymiz.
Shuningdek, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun ariza berilsa, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan. Shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi. Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralarni keltirib chiqarishi mumkin”, – deyiladi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotda.
Ma’lumot uchun, aprel va may oylarida Yaponiya noqonuniy immigrantlarni O‘zbekistonga deportatsiya qilish bilan bog‘liq ikkitadan holat (1, 2, 3, 4) kuzatilgan va ularda jami 7 nafar O‘zbekiston vatandoshi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
18:54 / 05.06.2026