Xom neft hozir ham dunyoda eng köp savdo qilinadigan xomaşyo mahsuloti bölib qolmoqda. Neft yetkazib beriş yönalişlari esa qaysi mamlakatlar energiya resurslarini işlab çiqarayotgani va qaysi hududlar ularning asosiy iste’molçisiga aylanganini yaqqol namoyon etadi.

Energy Institute ma’lumotlari asosida tayyorlangan yangi tahlilga köra, 2024 yilda neft eksportining eng yirik markazi yana Fors körfazi mintaqasi böldi. Mintaqa davlatlari taşqi bozorlarga kuniga örtaça 16,4 million barrel neft yetkazib bergan.

Bu körsatkiç MDH davlatlari va Afrika mamlakatlari umumiy eksportidan ham yuqori hisoblanadi.

Fors körfazi neftining asosiy qismi Osiyoga yönaltirilgan

Fors körfazi mamlakatlari eksport qilgan neftning katta qismi şarqiy bozorlarga jönatilgan.

Jumladan:

Xitoyga — kuniga 5,1 million barrel;
Yaponiya va Janubiy Koreyaga — 4,2 million barrel;
Hindistonga — 2 million barrel;
Osiyo-Tinç okeani mintaqasining boşqa davlatlariga — 1,9 million barrel.

Şunday qilib, mintaqa eksportining qariyb 80 foizi Osiyo hissasiga töğri kelgan.

Yevropaga esa kuniga 2,2 million barrel neft yetkazib berilgan. Şimoliy Amerika hissasiga esa atigi 600 ming barrel töğri kelgan.

Xitoy dunyodagi eng yirik neft importçisi bölib qolmoqda

2024 yilda Xitoy xalqaro neft savdosining eng yirik manzili sifatida öz mavqeini saqlab qoldi.

Mamlakat:

Fors körfazidan — 5,1 million barrel;
MDH davlatlaridan — 2,2 million barrel;
Afrikadan — 1 million barrel neft import qildi.