Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda bugun amalga oshirilgan 2 terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 33 nafarga yetdi
1 may kuni Iroq janubidagi As-Samava shahrida 2ta terakt sodir etilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 33 nafarga yetgan. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmati ma'lumotiga asoslanib, Frans Press agentligi xabar tarqatgan.
Dastlabki xabarlarda bu teraktlar 8 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani va o‘nlab kishilar jarohatlangani haqida aytilgandi. Portlashlarning biri ma'muriy bino yaqinida sodir etilgan, yana bir portlash avtobus bekatida yuz bergan.
Iroqdagi Almada Press agentligining voqea sodir bo‘lgan Mutanna viloyati tibbiyot boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, teraktlar tufayli 25 kishi halok bo‘lgan va 77 kishi jarohat olgan.
Mutanna viloyati keyingi vaqtlarda terroristik tahdidlardan xoli bo‘lib kelayotgandi. Lekin bu shahar aholisining aksar qismi shialar hisoblanadi.
Bu teraktlar IShID tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
19:23 / 06.04.2026