18 aprel kuni Kiyevning Goloseyevskiy rayonida röy bergan otişmadan keyin ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar tomonidan olingan videolardan biri keng tarqaldi. Unda erkak va ayol bölgan ikki politsiyaçi öq ovozlari eşitilganidan keyin voqea joyida fuqarolarni, jumladan yoş bolani taşlab, qoçib ketişganini köriş mumkin. Köp ötmay Ukraina rasmiylari uşbu politsiyaçilarga nisbatan xizmat tekşiruvi boşlangani, ularning özi tergov vaqtida xizmatdan çetlatilganini ma’lum qildi.
Prokuratura politsiyaçilarning otişma paytida öz vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi yuzasidan jinoiy iş qözğatdi, dedi Ukraina boş prokurori Ruslan Kravçenko. Politsiyaçilarning harakatlari oğir oqibatlarga olib kelgan xizmatga sovuqqonlik bilan qaraş (Ukraina Jinoyat kodeksining 367-moddasi 3-qismi) böyiça tergov qilinmoqda.
«Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fuqarolar hayotiga jiddiy xavf tuğilgan paytdagi barça harakatlari, xususan, yoş bolani xavf ostida qoldiriş va hujumçining harakatlarini öz vaqtida töxtatmaslik epizodiga tegişli huquqiy baho beriladi», – degan boş prokuror.
Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenko esa politsiyaçilarning harakatini «şarmandalik» va «noloyiqlik» deb atagan. Vazir ularning rahbarlariga nisbatan «qöşimça çoralar qabul qilinişi»ga va’da bergan.
Köp ötmay Ukraina patrul politsiyasi departamenti rahbari Yevgeniy Jukov iste’foga çiqdi. Şu bilan birga, u mamlakat içki işlar tizimida qoladi. Patrul politsiyasi tarkibida bölgan Ukraina Milliy politsiyasi rahbari Ivan Vigovskiy Jukovga «qandaydir boşqa lavozim topilişi»ni aytgan.
Kiyevdagi otişma 18 aprel kuni keçqurun röy bergandi. Hujum qilgan şaxs avvaliga köçadagi ötkinçilarni öqqa tutgan, keyin esa supermarketga kirib, odamlarni garovga olgan. Dastlabki xabarlarda olti kişi halok bölib, 15 kişi yaralangani aytilgandi. Yaralanganlar orasida 12 yoşli bola ham bor. Bu videoda politsiyaçilar bilan birga aks etgan bola ekani taxmin qilinmoqda. Uning otasi va xolasi hodisa vaqtida halok bölgan. 20 aprelga kelib şifoxonadagilardan biri vafot etgani va qurbonlar soni yetti nafarga yetgani ma’lum böldi. Ukraina hukumati terakt haqidagi modda böyiça jinoiy iş oçgan.

















