Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniya poytaxtida 6 qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi
29 aprelda kechki payt Keniya poytaxti Nayrobida 6 qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Keniya Qizil Xoch tashkiloti.
Yana 135 kishi jarohat olgan. Hozircha 198 xonadonli uyning vayronalari ostida necha kishi qolayotgani noma'lumligicha qolmoqda. Turar-joy binosi kuchli yomg‘irlar tufayli qulagan.
Voqea joyiga kelgan Keniya prezidenti Uxuru Keniata boshqa binolarning qulashi xavfi yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun hududdagi barcha binolarni tekshirib chiqishni talab qildi. U vayron bo‘lgan binoning egalarini hibsga olishni buyurdi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026