Keniyaning Moyale şahridagi (Efiopiya bilan çegara hududi) politsiya bölimi detektivlari odam savdosiga aloqadorlikda qidiruvda bölgan 33 yoşli Festus Aras Omvambunni uşladi. Bu haqda 25 fevral, çorşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida Keniya Jinoiy tergovlar boşqarmasi xabar berdi. AFP agentligi aniqlik kiritişiça, uşlangan şaxs Keniyadan erkaklarni Rossiyaga harbiy xizmatga yuboriş işidagi ehtimoliy asosiy figurant hisoblanadi.
Jinoiy guruh qurbonlarga Yevropa davlatlarida qonuniy iş topib berişni va’da qilgan, ammo oqibatda ular «qonuniy bölmagan va xavfli iş»ni bajarişga majbur bölgan — bu esa ularning qadr-qimmati va xavfsizligidan mahrum qilgan, deya bildirdi boşqarma.
Festus hozir politsiya hibsida, oldinda uni sud jarayoni kutib turibdi.
Reuters 19 fevral kuni Keniya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, 1000 nafardan ortiq keniyalik Rossiya tomonidan Ukrainadagi uruşda qatnaşiş uçun yollanganini xabar qilgan. Bu — hukumat şu paytgaça taxmin qilganidan beş barobar köp. Keniya parlamenti quyi palatasi — Milliy assambleyada köpçilik yetakçisi Kimani Içungva 18 fevral kuni razvedka hisobotini deputatlarga taqdim etgan.
Hisobotga köra, poraga oğgan amaldorlar va odam savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslar tarmoği rekrutlarni yollagan. Ular orasida sobiq harbiylar, politsiyaçilar va işsizlar ham bölgan. Yollovçilar oyiga taxminan 2715 dollar (2308 yevro) maoş va 9309 dollargaça (7916 yevro) mukofot pullarini va’da qilgan.
Fevral oyi ma’lumotlariga köra, 89 keniyalik Ukraina frontida bölgan, 39 nafari kasalxonalarda davolangan, 28 nafari bedarak yöqolgan deb hisoblangan.
Hisobotda aytilişiça, keniyaliklar avval Turkiya yoki BAA orqali turistik vizalar bilan mamlakatni tark etgan. Keyinroq Nayrobi aeroportida nazorat kuçaytirilgandan söng, rekrutlar Uganda, Janubiy Afrika va Kongo Demokratik Respublikasi orqali çiqib ketişga ötgan. Reuters qayd etişiça, işga yollaş agentliklari aeroport xodimlari, immigratsiya xizmatlari, şuningdek Rossiya elçixonasi (Nayrobi) va Keniyaning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasidagi ayrim xodimlar bilan pora asosida hamkorlik qilgan bölişi mumkin.
Nayrobidagi diplomatik missiya Rossiyaning noqonuniy yollaşga aloqadorligini rad etgan. U yerda «çet elliklar RF Qurolli kuçlari safiga ixtiyoriy ravişda qöşilişi mumkin», degan bayonot berilgan.
Ukraina tomoni 25 fevral kuni ma’lum qilişiça, RF Qurolli kuçlarida Afrikaning 36 mamlakatidan bölgan 1780 nafardan ortiq şaxs aniqlangan. Ularning ayrimlari asirga tuşgan.












