Keniyaning Rift vodiysidagi qişloq xöjaligi şaharçasi — Gilgil va uning atrofidagi hududlar noqonuniy çumoli savdosi markaziga aylandi, deya yozadi BBC.
Naşrning qayd etişiça, xalqaro kolleksionerlar tomonidan qizil rangli ulkan afrika çumolilari qadrlanadi. Ayniqsa ona çumolilar juda ham qimmat bölib, qorabozorda 170 funt sterlinggaça (220 dollar) sotilişi mumkin.
Bitta uruğlantirilgan ona çumoli butun boşli koloniyani yarata oladi va önlab yillar davomida yaşaşi mumkin. Skanerlar organik moddalarni sezişga moslaşmagani uçun ularni poçta orqali ham bemalol jönatsa böladi. Bu esa oldi-sotdi jarayonini yanada osonlaştiradi.

«Bir döstim çet ellik xaridor şu atrofda osongina topiladigan katta qizil ona çumolilar uçun yaxşigina pul tölayotganini aytib qoldi. Oçiq maydonlar yaqinidagi çumoli tepaliklarini odatda erta tongda, hali issiq tuşmasidan oldin qidirsa böladi. Çet elliklarning özlari dalaga umuman kelmasdi — ular şaharda, mehmonxonada yoki maşinada kutib turişar, biz esa ular bergan kiçik nayçalar yoki şpritslarga qadoqlangan çumolilarni yetkazib berardik», degan ismini oşkor etişni xohlamagan mahalliy vositaçilardan biri BBC’ga.
Ötgan yilda Nayvaşa şahridagi mehmonxonalarning biridan 5 000 dona tirik ona çumoli topilgan. Gumonlanuvçilar Belgiya, Vetnam va Keniya fuqarolari bölib, ular haşarotlarni nam paxta solingan probirka va şpritslarga joylaştirgan. Bu esa çumolilarni ikki oy davomida tirik saqlaş imkonini beradi. Jinoiy töda qölga kiritilgan «ölja»ni Yevropa va Osiyoga olib çiqib, sotuvga qöyişni rejalaştirgan.
Mutaxassislar savdo kölami kutilmaganda kengayib ketganini ta’kidlayapti. Keniyalik biolog Dino Martins çumolilar koloniyasi önlab yillar yaşaşi, bitta malika esa butun tizimni yaratişini qayd etadi. Şu bilan birga, olimlar mazkur çumoli turlari boşqa hududlarga tarqalib, mahalliy ekotizimlarga zarar yetkazişi mumkinligidan ogohlantirişyapti.
Keniya hukumati aeroportlar va çegara punktlarida nazoratni kuçaytirişni rejalaştiryapti.


















