Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar yetakchilari yo‘q qilindi
Afg‘onistonda Qandohor viloyati toliblari yetakchilari yo‘q qilindi. Bu haqdagi xabar Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi saytida chop etildi.
Politsiya maxsus kuchlari va afg‘on harbiylarining birgalikdagi operatsiyasi 1 mayda o‘tkazilgan va 6 soat davom etgan. Hukumat kuchlari toliblarning Qandohorning janubidagi Shax-Vali-Kot tumanidagi pozitsiyalariga hujum qilishgan. Kata-Sang qishlog‘i yaqinidagi jangda 45 kishilik jangarilar otryadi yo‘q qilingan. O‘ldirilganlar orasida Qandohorning "norasmiy gubernatori" Xoji Lola va uning o‘rinbosari Ahmad Shox Gimat ham bo‘lgan. Operatsiya natijalariga ko‘ra afg‘on kuchlari katta miqdordagi o‘q-dorini musodara qilishgan.
O‘sha kunning o‘zida afg‘on politsiyasi bo‘linmasi Badaxshon viloyati shimolidagi Roghiston tumanidagi Band-Gxorila qishlog‘ida operatsiya o‘tkazayotganida mahalliy toliblarning yetakchisi Qori Zubayrani yo‘q qildi va 3 jangarini yaraladi. Afg‘on hukumat kuchlari orasida yo‘qotishlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
18:19 / 22.06.2026