Sport | 10:36 / 02.05.2016
18331
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi qamoqda dush tozalashdan bosh tortgani uchun kaltaklandi

Angliya terma jamoasi safida bir necha yil davomida to‘p surgan, voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 6 yilga qamalgan Adam Jonsonga qamoqxonada yana bir marta zo‘ravonlik ishlatishdi. Bu haqda Daily Star xabar tarqatgan.

Bu voqea sobiq futbolchining qamoqxonada ishlash jarayonida sodir bo‘lgan. Boshqa bir mahbus Jonsonga dushni tozalashni buyurgan.

Jonson esa uning buyrug‘ini bajarmagan: «Sen mening kimligimni bilasanmi? Bor ishingni qil». Bunga javoban mahbus uni kaltaklagan. Nazoratchilar yetib kelgunicha boshqa mahbuslar Jonsonni zo‘ravonning qo‘lidan qutqarishgan.

Bu voqea Jonsonning Donkaster yaqinidagi «Murland» qamoqxonasiga ko‘chirib o‘tkazilganidan 3 kun o‘tib sodir bo‘lgan.

Uning ko‘chirilishiga, avvalgi qamoqxonadagi mahbuslar Jonson bilan bir qamoqda bo‘lishni istamasligi, u qolsa o‘ldirilishini ma'lum qilishgani sabab bo‘lgandi.

2016 yilning fevralida Adam Jonson o‘ziga qo‘yilgan ayblarga iqror bo‘lgach, qamoq jazosiga mahkum qilingan, uning oxirgi jamoasi «Sanderlend» u bilan shartnomani bekor qilgandi.

Mavzuga oid