Jamiyat | 14:46 / 02.05.2016
12198
1 daqiqa o‘qiladi

Tomsk universiteti talabalari yangi jahon rekordiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tomsk universiteti nazorat tizimlari va radioelektronika universiteti talaba-radiotexniklari 7 may — Radio kunida derazadan eski buyumlarni uloqtirish bo‘yicha rekord o‘rnatish maqsadida eski televizor, kompyuyetr va muzlatgichlarni yig‘ishmoqda.

“Universitetimizda bir ana'na bor. Har yil Radio kunida eski texnik buyumlarni tashlab yuboramiz. Bu bilan talabalar yanada zamonaviy va yangi texnika vositalarini ixtiro qilishlari kerak, degan chaqiruv anglashilinadi. Bu yil 500 ta texnik buyum yig‘ib hamda ularni derazadan uloqtirib, rekord o‘rnatmoqchimiz”, — deydi oliy o‘quv yurti talabalaridan biri Valeriya Belousova.

Universitetda bu ana'na 1988 yilda paydo bo‘lib, o‘shanda radiotexnika talabalari texnika taraqqiyotiga munosabat bildirish uchun derazadan eski televizorni uloqtirib yuborishgan edi. Bu odat har yili 7 may kuni nishonlanadigan bo‘ldi. Eski texnik buyumlar universitetning 6-raqamli yotoqxonasidan uloqtiriladi.

Mavzuga oid