Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
eMac 2016 - retro uslubdagi iMac
Curved nemis dizaynerlari jamoasi Macintosh oilasiga mansub eMac (educational Mac) monoblokini ishlab chiqarish borasida biroz fantaziyaga berilib, kompyuterning yangilangani bo‘yicha o‘z talqinini namoyish etdi. Ishlab chiqilgan dizaynda ijodkorlar eski, original elektron mashinalarning bizga tanish bo‘lgan qiyofasini saqlab qolishga harakat qilishgan bo‘lsada, eMac zamonaviylikni ham o‘zida mujassam etgan.

Dizaynerlar talqiniga ko‘ra, ikki xil talqinda bo‘ladi: iPhone korpusidek ranlar («kumush», «kulrang kosmos», «tillarang» va «pushti oltin»)ga ega eMac Edition hamda iPod uchun xos rangli(«kumush», «kulrang kosmos», tillarang, ko‘k va pushtirang) gammalardagi eMac Legacy Edition. Barcha kompyuterlar keng alyuminiy tirgakli qayrilgan shakldagi alyuminiy panelidan tashkil topgan bo‘lib, tepadan qaralganida eski kompyuterni yodga soladi. Old panelda 4:3 burchakka ega ingichka 17 dyuymli sensor ekran, barchaga sevimli bo‘lgan Apple logotipi, 3D-tasvirlar uchun ikkita kamera va ikkita stereodinamika mavjud. Apple Pencil qalami, sichqoncha va Magic Keyboard simsiz klaviaturasiga ulanish uchun Bluetooth o‘rnatilgan. Shunindek, orqa panelda uchta USB-port joylashgan. Yangi dizayn juda ham jozibali ko‘rinishda yaratilganligini ko‘rishingiz mumkin.




















Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026