Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anonymous xakerlari butun dunyo bo‘ylab markaziy banklarni buzib kirish bilan tahdid qilmoqda
Anonymous xakerlik guruhi Gretsiya markaziy bankiga hujum uyushtirdi. Bu haqda bankning xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Hujum bir necha daqiqa davom etdi va bankning xavfsizlik tizimi yordamida muvaffaqiyatli qaytarildi. Hujum oqibatida zararlangan yagona narsa – ma'lum muddat ishdan chiqqan saytimiz bo‘ldi", deb aytdi noma'lum bo‘lib qolishni istagan xodim.
Xakerlar, shuningdek, qisqa vaqt davomida bankning ishini falajlay olishganini ma'lum qilishgan videomurojaatni chop etishdi. Bundan tashqari, xakerlar butun dunyo bo‘ylab markaziy banklarni buzib kirish bo‘yicha 30 kunlik kampaniyani boshlashganini ma'lum qilganlar.
Avvalroq Anonymous’ning Filippindagi Anonymous Philippines bo‘limi Filippin saylov komissiyasi saytini buzib kirib, tahdidlar qilgan xabarlar qoldirgandi.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
09:59 / 23.11.2024