Jamiyat | 23:29 / 04.05.2016
6432
2 daqiqa o‘qiladi

Shvartsenegger komediyaga qaytmoqda

Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, mashhur aktyor Arnold Shvartsenegger komedik filmda suratga tushadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter nashri. Aktyor "Nima uchun Gyunterni o‘ldirayapmiz" nomli komedik jangari filmda suratga tushadi. 

Ushbu film Saturday Night Live teleshousi yulduzi Taran Killamning ilk rejissyorlik ishi bo‘ladi. Killamning o‘zi film ssenariysini yozgan.

Filmda Shvartseneggerdan tashqari Kobi Smolders, Bobbi Moynaxan, Pol Britteyn va boshqalar suratga tushadilar.

Film syujyetiga ko‘ra, turli davlatlardan bo‘lgan bir guruh yollanma qotillar dunyoning eng abjir yollanma qotili Gyunterni yo‘q qilishga qaror qiladi. Biroq Gyunter doimo ulardan bir qadam oldinda yuradi.

Bu Shvartsenegger suratga tushayotgan birinchi komediya emas. Avval u "Bolalar bog‘chasi politsiyachisi", "Egizaklar" kabi komediyalarda suratga tushgan.

Shuningdek, Shvartsenegger "Terminator" filmining 6-qismi suratga olinishini tasdiqlagan.

Mavzuga oid