18 noyabr kuni rossiyalik maşhur kinorejissyor Eldar Ryazanov tavallud topganiga 90 yil töldi. Uning töla metrajli kinodagi debyutiga «Bahorgi ovozlar» filmi aylangandi. Biroq Ryazanovga haqiqiy maşhurlik 1956 yilda ekranlarga çiqqan «Karnaval tuni» kartinasidan söng keldi. Film Lyudmila Gurçenko va Yuriy Belovni «yulduzlar»ga aylantirdi, Ryazanov esa Sovetlar Ittifoqi davridagi eng kuçli komediograflardan biri sifatida e'tirof etila boşlandi. «Omad zigzagi», «Garaj», «Gusarça ballada», «Işdagi işq» va albatta «Taqdir hazili, yoki quşdek yengil böling» - bu Eldar Aleksandroviç tomonidan bir neça ön yil ijodiy faoliyatidagi eng maşhur filmlardan faqat ba'zilari. Ryazanov nafaqat komediya janrining köp qirrali va universal ekanini körsatib berdi, balki boşqa «hududlarda» ham muvaffaqiyatli işladi – Aleksandr Ostrovskiyning «Sepsiz qiz», Larisa Guzeyeva va Nikita Mixalkov iştirokidagi «Şafqatsiz romans» kartinalari uning eng yaxşi işlaridan biriga aylandi.

Eldar Ryazanov özining şahar taşqarisidagi uyida, 1988 yil

Eldar Ryazanov bolaligida

Eldar Ryazanov «Italiyaliklarning Rossiyadagi sarguzaşti» filmi s'yomkalarida, 1973 yil

Eldar Ryazanov «Taqdir hazili, yoki quşdek yengil böling» filmida, 1975 yil
























