Gaydayda tuğilgan ğoya va suratga oliş maydonlari
Köpçilik bilmas, lekin bu fantastik asar “Ityurak”, “Usta va Margarita” kabi bessellerlar muallifi Mixail Bulgakov qalamiga mansub. Asar bilan tanişgan rejisser Leonid Gayday uni yanada zamonaviylaştiradi va özining asosiy yönalişi – komediya janrida suratga oladi.
Film böyiça işlar 1972 yilning mayida boşlangan. Ayrim sahnalar Yaltada olinadi, ular Şurikning xotini Zinaning dengiz böyida qöşiq aytişi va rejisser Karp Saveliçning hassa öynatib ötirişi edi.
Keyinçalik tasvirga oliş işlari juda köp joylarda davom etadi. Eng muhimlari, Şurikning uyi, zina maydonçalari, lift kabi köp foydalanilgan manzaralar “Mosfilm”dagi dekoratsiyalar edi. Eng murakkab bölgan tarixiy sahnalar esa Rostov kremlida suratga olinadi.
Aktyorlar
Bu filmda sovet kinosanoatining haqiqiy ustalari suratga tuşişgan, yoki “Ivan Vasileviç...” bu aktyorlarni yangi darajaga olib çiqqan edi.
- Yuriy Yakovlev – Ivan Vasileviç Bunşa/şoh Ivan Vasileviç Groznyy;
- Leonid Kuravlyov –Jorj Miloslavskiy, öğri;
- Aleksandr Demyanenko – ixtiroçi-muhandis Şurik (Aleksandr Sergeyeviç Timofeyev);
- Saveliy Kramarov – Feofan, şoh xizmatçisi;
- Natalya Seleznyova – kinoaktrisa Zinaida Mixaylovna Timofeyeva, Şurikning xotini;
- Natalya Belogorseva-Kraçkovskaya – Ulyana Andreyevna, Bunşaning xotini;
- Natalya Kustinskaya – Yakinning yana bir jazmani;
- Vladimir Etuş – stomatolog Anton Semyonoviç Şpak;
- Mixail Pugovkin – kinorejissyor Karp Saveleviç Yakin;
- Sergey Filippov – şved elçisi.

Ammo bu aktyorlar tanlab olingunça juda köpçilik boşqalari sinovdan ötişgan edi. Gaydayning özi şoh obraziga Yuriy Nikulinni möljallagandi. Ammo Nikulin Bulgakov asari asosidagi bu filmning ekranga çiqişiga işonmagani uçunmi, sirkdagi işidan ruxsat bermaganlari tufaylimi, rad javobini beradi.
Bundan taşqari ham şoh obraziga yana 8 kişi sinovdan ötkaziladi. Ular orasida juda maşhur aktyorlar ham bor edi:
Yevgeniy Yevstigneyev, Georgiy Vitsin, Yevgeniy Lebedev, Vladimir Etuş, Georgiy Burkov, Georgiy Yumatov, Sergey Nikonenko, Anatoliy Kuznetsov.




















