19:03 / 04.05.2016
7497

Zara do‘konlari tarmog‘ida sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan taqinchoq aniqlandi

Zara do‘konlari tarmog‘ida sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan taqinchoq topildi. Bu yangi to‘plamdagi bo‘yinga taqiluvchi marjondir. Fashionunited nashrining xabar berishicha, Norvegiyadan mahsulot sifatiga doir shikoyatlar kelib tushgan va shundan so‘ng, Inditex xoldingi Zara brendiga tegishli ushbu taqinchoqni Yevropadagi boshqa do‘konlardan ham qaytarib olishga majbur bo‘ldi.

Yevropa mamlakatlaridagi mahsulotlar sifatini nazorat qiluvchi RAPEX komissiyasining ekspertlari bildirgan xulosaga ko‘ra, taqinchoqning tarkibida inson salomatligiga xavf soluvchi kadmiy mavjud bo‘lib, u to‘qimalarda to‘plangan holda, tana a'zolariga jiddiy zarar ko‘rsatadi. Ba'zi hollarda rak o‘simtalarining shakllanishiga ham olib kelishi mumkin. Hozirda mahsulot qaysi mamlakatlarda va qancha miqdorda sotilgani haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Zara –  Ispaniyaning ayollar, erkaklar va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak, oyoq kiyim hamda aksessuarlar markasi. U Pull & Bear, Bershka va boshqa ko‘plab brendlarni boshqaruvchi Inditex xoldingi tarkibiga kiradi.

Top