Zara brendi egasi Amansio Ortega köçmas mulk sektoridagi eng yirik investorga aylandi. Bu haqda Forbes korporativ hujjatlar, yer reyestrlari ma’lumotlari va töqqiz mamlakatda e’lon qilingan hisobotlar, şuningdek, Regrid va Real Capital Analytics ma’lumotlar bazalariga tayanib xabar berdi.
Forbes jurnalistlari Orteganing «imperiya xaritasi»ni tuzişdi. Tadbirkorning barça köçmas mulklari qiymati 25 milliard dollarga baholanyapti. Mazkur aktivlar 13 mamlakatda joylaşgan 200 dan ortiq obektni öz içiga oladi. Bu esa Ortegani köçmas mulk sektorida dunyodagi eng yirik magnatga aylantiradi — uning portfeli hatto eng muvaffaqiyatli developerlar, jumladan, avstraliyalik Harri Triguboff (23,2 mlrd dollar) va amerikalik Donald Bren (19,2 mlrd dollar) aktivlaridan ham qimmatroqqa baholanyapti.
2001 yilda Inditex kompaniyasi Madrid Stock Exchange’da IPO qilganidan beri 90 yoşli Ortega deyarli 100 ta mamlakatdagi 216 ta köçmas mulk obekti uçun qariyb 24 milliard dollar sarflagan. Forbes ma’lumotiga köra, bu mulklarning katta qismi hali ham uning ixtiyorida. Faqatgina 10 ta obekt qayta sotilgan. Tadbirkorning köçmas mulkka yönaltirgan umumiy investitsiyalari Amazon asosçisi Jyeff Bezosning Blue Origin kosmik startapiga kiritgan 20 milliard dollardan ham oşadi.
Faqat ötgan yilning özida Ortega 10 ta şahar va 8 ta mamlakatdagi yangi bitimlar uçun 3 milliard dollardan ortiq pul işlatgan. U 7 ta ofis binosi, 2 ta mehmonxona, 2 ta sanoat hududi, haşamatli savdo markazi, köp qavatli turar joy, şuningdek, Britaniyadagi yirik port operatorining 49 foiz uluşini sotib olgan. Bundan taşqari, tadbirkor 93 ming kvadrat metr ofis maydoniga ega Vansouverdagi tarixiy Canada Post binosini 850 million dollarga xarid qiladi va Amazonga ijaraga berdi.
Joriy yil 16 aprel holatiga köra, Forbes ispan tadbirkorining boyligini 139,3 milliard dollarga baholagan. U naşr tuzgan dunyoning eng boy odamlari röyxatida 13-örinni egallab turibdi.













