Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda motoparaplan oftobda toblanayotgan pensioner ayolni yer bo‘ylab sudrab ketdi
Sestroretsk shahrida (Sankt-Peterburgning kurort hududlaridan biri) motoparaplan qo‘nish oldidan mahalliy aholi bo‘lgan oftobda toblanayotgan 82 yoshli pensioner ayolni shikastlab jarohat yetkazdi. Bu haqda Fontanka.ru sayti xabar berdi.
Bu noxush hodisa 3 may kuni bo‘lib o‘tgan. Voqeaning guvohi o‘zining “VKontakte” saytidagi sahifasida ma'lum qilishicha, o‘sha kuni motoparaplanda hamma xohlovchilar uchishgan. Kunning ikkinchi yarmida esa bir odam qo‘nish oldidan parashyut arqoniga oftobda turgan pensioner ayolni ilib olib bir necha metrga sudrab ketgan. Hodisa bayonchisining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi erkakni qattiq urgan, ammo u e'tibor bermay aslahalarini yig‘ishtira boshlagan.
“Fontanka.ru” saytining voqeaga aniqlik kiritishicha, ayolning o‘rta darajadagi jarohat bilan gospitalga keltirilgan va keyinroq davolash maskaniga yuborilgan. Shuningdek, ayolga boshdan lat yeyish tashxisi qo‘yilgan.

Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
18:58 / 27.07.2025
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
10:37 / 24.03.2025