Peterburgda migrantlarning kelib chiqishi va millatini aniqlaydigan kameralar o‘rnatiladi
Sankt-Peterburg shaharida migrantlarning etnik kelib chiqishini aniqlash uchun 8 mingta tashqi videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Foto: Aleksandr Gluz/«Peterburgskiy dnevnik»
"Kommersant" gazetasining yozishicha, Sankt-Peterburg shahar ma’muriyatining millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov migrantlar va ularning yashash joylarini kuzatish uchun shahar kameralarini o‘rnatish haqida ma’lum qilgan.
"Shahar hukumati yig‘ilishida ma’ruza qilar ekan, amaldor "xavfsiz shahar" axborot tizimining yangi funksiyasi – "Shaxsning yuzidan millatini aniqlash mexanizmi" haqida ma’lumot berdi, – deb yozgan gazeta. – Mexanizm "etnik anklavlarning shakllanishiga" qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan va "hududda ijtimoiy keskinlikning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida profilaktika choralarini" ko‘rish imkonini beradi".
Qo‘mita rahbarining qo‘shimcha qilishicha, 8 mingta shahar videokameralari yangi funksiyalar bilan jihozlanadi. Qo‘mita "shaxslarning millatini aniqlash bo‘yicha litsenziya sotib olish uchun" shartnoma tuzgan. Shuningdek, u 2024 yilda shahar aholisining 43 foizi millatlararo munosabatlar holatini ijobiy deb baholaganini, ma’muriyat esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan yuqori bo‘lishini kutayotganini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, prezident huzuridagi Inson huquqlari kengashi mansabdor shaxslarning kamera tasvirlari asosida etnik kelib chiqish masalasini ko‘targanini "inson qadr-qimmatini kamsituvchi" deb atamoqda.
"Rossiya pasportida shaxsning millati ham ko‘rsatilmaydi. Endi esa birdaniga ba’zi videokameralar odamning qaysi millatga mansubligini aniqlaydi", - dedi inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeyev.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
Mavzuga oid

20:56 / 20.04.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

23:04 / 16.04.2025
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

13:29 / 16.04.2025