Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung AQSh bozorida Apple’dan o‘tib ketdi
Samsung kompaniyasi AQSh smartfonlar bozorida Apple’dan o‘tib ketib, yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda Counterpoint Research tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda BusinessKorea xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Samsung mart oyida AQShda eng ommabop smartfonlar ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi va bozorning 28,8 foizini egalladi, Apple esa bozorning 23 foizini egallamoqda. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Samsung’ning AQSh bozorida yetakchi bo‘lishiga Galaxy S7 smartfoni chiqarilishi yordam berdi. Bu smartfon kompaniyaning avvalgi modelidan ko‘ra ko‘proq ijobiy fikrlar olgan.
3-o‘rinni esa bozorning 17,1 foiz ulushi bilan LG, 4-o‘rinni Xitoyning ZTE kompaniyasi (6,6 foiz), 5-o‘rinni Alcatel (4,5) egallamoqda.
Avvalroq Apple investitsion fondi boshlig‘i kompaniya rahbari Tim Kukning iste'fosini talab qildi.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026