Andijonlik elektromobil ixtirochisi moddiy qiyinchilik tufayli o‘qishni tashlagan
Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Andijon mashinasozlik instituti talabalari «Qaldirg‘och» nomli elektromobil yaratgani haqida fotoxabarlar paydo bo‘lgan edi. Elektrokar ixtirochisi 27 yoshli Oybek Umarov ta'lim shartnomasi to‘lovini to‘lay olmagani uchun oliy o‘quv yurtidagi o‘qishini davom ettira olmaganini bildirdi. Bu haqda UZ24 xabar qildi.
Oybek Umarov 1989 yili Andijonda tug‘ilgan, 2008 yili Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini tamomlagan.
Uning o‘zi aytishicha, u bir necha bor Andijon mashinasozlik institutiga shartnoma asosida qabul qilingan. Biroq og‘ir moddiy ahvoli tufayli o‘qishini yakunlay olmagan. Oliy ma'lumot olish uning ushalmagan orzusiga aylangan.
Oybek oilada uch farzandning orasida biri o‘g‘il farzand. Otasi ikkinchi guruh nogironi. Onasi bandlikka ko‘maklashish markazida ishlaydi. Oybekning o‘zi esa AndMIda laborant bo‘lib ishlaydi.
Omma o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgan elektrokar – hisob bo‘yicha Umarovning 3-ixtirosi hisoblanadi. 2013 yildayoq u “Qaldirg‘och” nomli metallik profildan elektromobil prototipini ishlab chiqqan. Avtomobil akkumulyatori 4 soatda quvvatlanadi va 100 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. “Qaldirg‘och”ning maksimal tezligi soatiga 50 kilometrni tashkil etadi.
2015 yilda Umarov quyosh batareyalarida harakatlanuvchi avtomobil ham ishlab chiqqan. Uning bu ixtirosi haqidagi tafsilotlar ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
20:15 / 11.09.2021
Tesla’ning yangi modeli tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
02:10 / 08.09.2021
Toyota elektromobillar uchun batareyalar ishlab chiqarishga 13,5 milliard dollar investitsiya qiladi
20:51 / 04.09.2021
“Kelajakda elektromobil ishlab chiqarmoqchiman” - 17 yoshida C2 sertifikat olgan Suhrob
08:08 / 23.08.2021