Euro NCAP taşkiloti ötkazgan kraş-testlar natijalariga muvofiq 2024 yilning eng xavfsiz yengil avtomobillari aniqlandi, deb xabar bermoqda Motor.
“Eng xavfsiz elektromobil” nominatsiyasida Zeekr X krossoveri ğolib çiqdi. Bundan taşqari, uşbu model kiçik krossoverlar sinfidagi eng yaxşi avtomobil sifatida tan olindi.
Taşkilot Mazda CX-80 modelini eng xavfsiz yirik krossover sifatida e’tirof etdi. Katta oilaviy avtomobillar reytingida Skoda Superb yetakçilikni qölga kiritdi. Mutaxassislar, şuningdek, Xitoyning Maxus eTerron 9 rusumli avtomobili yuqori darajada xavfsiz ekanini alohida ta’kidladi.
Toifalardan qat’i nazar, Mercedes-Benz E-Class mutlaq ğolib deb topildi.
Euro NCAP — avtomobillarning faol va passiv xavfsizligini baholab, mustaqil tarzda kraş-testlar ötkazadigan Yevropa taşkilotidir.
Avvalroq Aito M9 krossoveri Xitoyning eng xavfsiz avtomobili sifatida tan olingandi.
C-NCAP uslubi böyiça ötkazilgan sinovda uşbu avtomobil xavfsizlik böyiça 93,9 ball töplagan. Aito M9 modelida haydovçi va katta yoşli yölovçilar xavfsizligi 96,98 foiz darajada baholandi. Piyodalar xavfsizligi 75,38 foizni taşkil etdi, faol xavfsizlik tizimlarining samaradorligi esa 97,79 foiz deb topildi.
Renault Logan avtomobili esa Janubiy Amerikaning Latin NCAP taşkiloti tomonidan taşkil etilgan kraş-testdan öta olmagan. Sinov yakunida maşina xavfsizlik uçun beriladigan beşta yulduzdan nol olgan.
Xususan, unda haydovçi va katta yoşli yölovçilarning xavfsizligi 32,8 foiz, bolalarniki 61,2 foiz, piyodalarniki esa 46,3 foiz deb baholangan. Faol xavfsizlik tizimlarining işlaşi 0 ga teng bölgan. Bundan taşqari, yon tomondan zarba berilganda kuzov yuklamaga bardoş bera olmagan.










