Norvegiya hukumati kuçli davlat siyosati, rivojlangan infratuzilma va jamoatçilik qöllab-quvvatlovi bilan iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça jiddiy majburiyatlarni öz zimmasiga olgan, deb yozmoqda DW naşri. Osloning maqsadiga köra, 2025 yil oxirigaça mamlakatda sotiladigan yengil avtomobillarning birortasi atmosferaga çiqindi çiqarmasligi kerak. Taqqoslaş uçun, Yevropa Ittifoqi xuddi şunday maqsad muddatini 2035 yilga belgilagan (Norvegiya ittifoqqa a’zo emas).
Norvegiyaning muvaffaqiyat siri — boyligi, kam sonli aholisi va davlat tomonidan kuçli rağbatlantiriş çoralarida
Uşbu Skandinaviya davlatining farovonligi va maydoni, şubhasiz, unda elektromobillarni joriy etiş muvaffaqiyatiga öz hissasini qöşgan. Norvegiyada 5,5 million kişi istiqomat qiladi va u Rossiyadan keyin Yevropadagi eng katta neft zaxiralari şarofati bilan boyigan davlatlardan biri hisoblanadi. Biroq mazkur omillarning özi bu sohadagi ulkan yutuqlarni töliq izohlaş uçun yetarli emas.
Osloda joylaşgan Xalqaro iqlim tadqiqotlari markazi (CICERO) katta ilmiy xodimi Robbi Endryuning fikriça, Norvegiya hukumati elektromobillikni rivojlantirişga ön yillardan beri intilib kelayotgani hal qiluvçi omil böldi.
“1990 yillardayoq Norvegiya elektromobillar işlab çiqariş uçun kompaniya yaratişga harakat qilgan”, — deb eslatdi Endryu DW naşriga bergan intervyusida. U mahalliy avtomobil sanoatida kuçli lobbi yöqligi uşbu taşabbuslarga turtki bölganini ta’kidladi.
Elektromobil işlab çiqarişga dastlabki urinişlar çeklangan tijoriy muvaffaqiyatga erişgan, bor-yöği bir neça ming maşina sotilgan bölsa-da, ular keng jamoatçilikni elektromobillar ahamiyati haqida xabardor qilişga va uning muhimligini tan olişga hissa qöşdi. Bu esa Tesla va Volkswagen singari jahon işlab çiqaruvçilarining elektromobillari keng tarqalişiga zamin yaratdi.
Soliq imtiyozlari va harakatlaniş qulayligi elektromobillar ommalaşişiga yordam berdi
Qulay davlat siyosati, şubhasiz, elektromobillarga ötiş muammolarini yumşatişga kömaklaşgan. Norvegiya elektromobillarni sotişda qöşilgan qiymat soliği va import bojlarini undirmaydi. Odatda bunday soliqlar yangi avtomobil narxining kamida uçdan bir qismi, maksimal yarmini taşkil etişi mumkin. Elektromobil egalari pullik yöllar va avtoturargohlar uçun tölovlardan ham ozod etilgan. Ular hatto Oslo va uning atrofida avtobuslar uçun möljallangan yölaklardan foydalaniş imkoniyatiga ega. Soliq imtiyozlaridan eng köp manfaat körganlar daromadi yuqori norvegiyaliklar bölib, köpinça bunday oilalar ikkinçi avtomobil sifatida elektromobillar sotib olmoqda.












