OAV: AQSh moliyalashtirayotganiga qaramay Afg‘onistondagi harbiylarga oyoq kiyimlari yetishmayapti
Afg‘oniston xavfsizlik xizmatini AQSh milliardlab dollarlar bilan moliyalashtirayotganiga qaramasdan, afg‘onistonlik harbiylarni oyoq kiyimlari bilan to‘liq ta'minlab bo‘lmayapti. Bu haqda Washington Post xabar bergan.
Keyingi 14 yil davomida AQSh tomonidan Afg‘oniston harbiylari uchun 68 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan, lekin o‘tgan yillar davomida harbiylarning kiyim-kechak bilan ta'minlanishida yetishmovchiliklar kuzatilgan.
Gazetaning yozishicha, mamlakatda korrupsiya keng ko‘lamda urchib ketgani tufayli AQSh boshchiligidagi koalitsiya rahbarlari Afg‘oniston armiyasi va milliy politsiyaga formalar va oyoq kiyimlar sotib olinishini hamda yetkazib berilishini o‘z nazoratiga olishga majbur bo‘lgan.
Ayni vaqtda koalitsiya quruqlik va havo orqali afg‘onistonlik harbiy xizmatchilarga million juftdan ortiq oyoq kiyim yetkazib berishga harakat qilmoqda. Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yilda qilingan buyurtmalar 2 yil o‘tibgina yetkazib berilmoqda.
Nashrda qayd etilishicha, koalitsiya har juft oyoq kiyim uchun o‘rtacha 75-90 dollar sarflaydi. 30 sentabrda yakunlanadigan joriy moliya yilida bu maqsad uchun jami 100 million dollar xarajat qilish rejalashtirilgan. Keyingi moliya yilida esa koalitsiya afg‘onistonlik harbiylarga oyoq kiyimlar, liboslar va boshqa zarur anjomlar yetkazib berish uchun 215 million dollar ajratishi kutilmoqda.
NATO boshchiligidagi koalitsiyaning Afg‘onistondagi missiyasi 2014 yilning 31 dekabrida yakunlangandi. 1 yanvardan boshlab alyans mamlakat hududida noharbiy maqsadlarda 12 ming kishidan iborat harbiy xizmatchisini qoldirgan. Bu harbiylar mahalliy harbiylarga bilim berish va harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024