O‘zbekiston | 11:35 / 06.05.2016
10869
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrida nafaqadagi onaxonlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi “Afrosiyob” sport majmuasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan nafaqadagi onaxonlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

  Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda barcha tuman va shaharlardan yoshi ulug‘ ayollardan iborat jamoalar qatnashdi. 

Ishtirokchilar gimnastika, yugurish, basketbol to‘riga to‘p tushirish va akrobatik mashqlar bajarish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Pastdarg‘om tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand shahri va Nurobod tumani sportchi ayollari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid