Sport | 22:17 / 07.05.2016
6320
1 daqiqa o‘qiladi

Times: UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini dam olish kunlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda 

UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini dam olish kunlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Britaniyaning Times nashri xabar bermoqda

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, bu yangilik musobaqa o‘yinlarida tomoshabinlar sonining ko‘payishiga mo‘ljallangan. Biroq Chempionlar Ligasi jadvalidagi o‘zgarishlar davlatlar milliy chempionatlari o‘yinlari taqvimi rejalashtirilishi sababli 5 yildan oldin kiritilmaydi.    

Joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasining finalida ikki ispan klubi – "Real" va "Atletiko" uchrashadigan bo‘ldi. Final uchrashuvi 28 mayda Milandagi "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid