Yevropa klublari turnirlarining sönggi bosqiçiga Angliya Premer Ligasining uçta klubi yetib keldi.
«Aston Villa» Yevropa Ligasi finaliga çiqdi. Klub yarimfinalda Angliyaning yana bir vakili «Nottingem Forest»ni ikki öyin natijasiga köra ortda qoldirdi (0:1, 4:0). Finalda Germaniyaning «Frayburg» klubi ham iştirok etadi. U Portugaliyaning «Braga» klubi tösiğidan ötişga muvaffaq böldi (1:2, 3:1). Turnirning hal qiluvçi bahsi 20 may kuni Istanbulda ötkaziladi.
Angliyaning «Kristal Pelas» klubi Konferensiyalar Ligasi finaliga çiqdi. U yarimfinalda Ukraina vakili «Şaxtyor»ni ikki öyin natijasiga köra ortda qoldirdi (3:1, 2:1). Finalda Ispaniyaning «Rayo Valekano» klubi ham iştirok etadi. U Fransiyaning «Strasbur» klubi tösiğidan ötişga muvaffaq böldi (1:0, 1:0). Turnirning hal qiluvçi bahsi 27 may kuni Lepsigda ötkaziladi.
Avvalroq, Angliyaning «Arsenal» klubi Çempionlar Ligasi finaliga yöl olgan edi. Fransiyaning «PSJ» klubiga qarşi bahs 30 may kuni Budapeştda ötkaziladi.












