Sport | 19:43 / 08.05.2016
9032
2 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger: «Lester»ning chempionligi men uchun og‘ir keldi»

“Arsenal” jamoasi bosh murabbiy Arsen Venger “Lester”ning Angliya chempioni bo‘lgani haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Lester” ning chempion bo‘lishi men uchun og‘ir bo‘ldi. Kimdir sizdan kuchli bo‘lsa, uni tan olish kerak. “Lester” haqiqatda kuchli jamoa. «Man Siti», «Tottenxem» yoki «Manchester Yunayted» haqida o‘ylayapsizmi? Bunga hojat yo‘q. Bu sport.

Biz mana shunday kichik jamoalarni mensimay o‘ynashlik oqibatida, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Nega? O‘zim ham bilmayman. 
Uyda o‘tkazgan o‘yinlarimizda muammolar bo‘ldi, jamoalar bilan kechgan o‘yinda ko‘p ochko yo‘qotdik va yetarli gollar ura olmadik. Ana shular bizning kamchiligimizga aylandi”, — dedi Venger.

Mavzuga oid