Fan-texnika | 22:12 / 08.05.2016
7502
2 daqiqa o‘qiladi

McLaren kompaniyasiga F1 superkarini diagnostika qilish uchun 90-yillarning noutbuki kerak bo‘lmoqda

McLaren F1 superkarining o‘ziga xosligi shundaki, u hanuzgacha nadduvsiz dvigatelga ega eng tez avtomobil sanalashidan tashqari, uning diagnostikasini 1990-yillar boshida yaratilgan Compaq noutbukisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda The Verge.

Hammasi bo‘lib 106 ta F1 sportkari ishlab chiqarilgan. McLaren kompaniyasi hozirda bu avtomobillardan 100 tasiga yaqiniga DOS operatsion tizimida ishlaydigan o‘tgan asrning Compaq LTE 5280 noutbuklaridan foydalanib xizmat ko‘rsatadi.

"Bizga aynan Compaq noutbuklari kerakligining sababi shundaki, ular shartli kirish karta-modulida ishlaydi", deb aytdi McLaren’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vakili.

Aynan shu kartalar F1 superkarining bort tizimini va diagnostika o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus kompyuter dasturini bir-biri bilan bog‘laydi. Bunday karta-modullar kompaniya uchun xavfsizlik maqsadida maxsus yaratilgan.

Zamonaviy kompyuterlar bunday ishlar uchun maxsus kirish kodiga ega smart-kartalar yoki USB-kalitlar ishlatadi. Ayni vaqtda kompaniya mutaxassislari zamonaviy noutbuklarda ham ishlaydigan kalitdan foydalanib kirish usuli ustida ish olib borishmoqda.

Mavzuga oid