Hujjatga köra, pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaş sifati va ta’lim jarayoni samaradorligini baholaş maqsadida talabalarning bilimlari taşqi diagnostika asosida tekşirib boriladi.
Taşqi diagnostika har öquv yilida bir marta pedagogika yönalişlarida tahsil olayotgan 3-bosqiç talabalari örtasida test sinovlari şaklida ötkaziladi. Testlar 50 ta savoldan iborat bölib, ularni bajariş uçun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir töğri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni taşkil etadi.
Diagnostika jarayonini taşkil etiş uçun har yili sentabr oyida maktabgaça va maktab ta’limi vazirining buyruği bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassisdan iborat işçi guruh tuziladi.
Taşqi diagnostika natijalariga köra, örtaça 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan ta’lim yönalişlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past körsatkiç qayd etgan yönalişlar esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi.
Qayd etilişiça, taşqi diagnostika natijalari talabalarning joriy özlaştiriş körsatkiçlari va reyting ballariga ta’sir qilmaydi. Uşbu tizim pedagog kadrlar tayyorlaş sifati holatini tahlil qiliş va takomillaştirişga xizmat qiladi.








