Texnologiya | 18:39
943
2 daqiqa o‘qiladi

Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi

Gordon Murray S1 LM superkari 20,63 mln dollarga baholandi.

Foto: RM Sotheby's

Gordon Murray S1 LM superkari auksionda 20,63 million dollarga sotildi. Bu xayriya lotlarini hisobga olmaganda, yangi avtomobil uchun rekord narx. Sotuv Las-Vegasda Formula-1 Gran-prisi paytida amfAR jamg‘armasi tadbirida bo‘lib o‘tdi.

Xaridorning ismi-sharifi keltirilmadi, u nafaqat avtomobilning o‘zini, balki yakuniy test-drayvlarda ishtirok etish va mashinani sozlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Bundan tashqari, u birinchi eskizlardan tortib yig‘ishgacha bo‘lgan jarayon aks etgan 500 sahifali albomga ega bo‘ldi. Bunday superkarlarning atigi beshtasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, sotilgan nusxasi seriyadagi so‘nggisi hisoblanadi. Dizayn 1995 yilda Le-Man poygasida g‘alaba qozongan afsonaviy McLaren F1 GTP superkaridan ilhomlangan.

S1 LM kapoti ostida Cosworth tomonidan yaratilgan 710 ot kuchiga ega 4,3 litrli, atmosferali V12 dvigateli o‘rnatilgan. 81 foiz tortish kuchi past tezlikda mavjud bo‘lib, dvigatel olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Kuzov o‘ta yengil ugleplastik panellardan yasalgan, avtomobilning og‘irligi atigi 957 kg.

Salon britaniyalik injyener va dizayner Gordon Myurreyning o‘ziga xos sxemasi bo‘yicha - markaziy haydovchi o‘rindig‘i bilan ishlab chiqilgan.

Mavzuga oid