Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi
O‘tganlarni xotirlab, fahriylarni e'zozlash xalqimizning ezgu qadriyatlaridandir. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida sana oldidan tumandagi yetti nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mamlakatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan fahriy insonlar holidan xabar olindi.
Kuni kecha 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tuman markazidagi Xotira hiyobonida “Mushtipar ona” haykali poyiga guldastalar qo‘yish marosimi o‘tkazilib unda urush qatnashchilari, fahriylar, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi, faol yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mungli musiqa sadolari ostida ajdodlarimizning o‘chmas xotirasi yod etilib, haykal poyiga guldastalar qo‘yildi. Ko‘pni ko‘rgan otaxon-onaxonlar yosh avlod vakillariga yurtimizdagi tinchlik va farovonlikning qadriga yetish, Vatan oldidagi burch va uning rivojlanishida sidqidildan mehnat qilish har bir insonning vazifasi ekanligi haqida gapirdilar. Tadbirning davomi “Istiqlol” kafesida bir piyola choy ustida davom ettirilib, fahriylarga sovg‘alar ulashildi. Tuman madaniyat uyi san'atkorlari tomonidan “Xotira abadiydir, qadr muqaddas” deb nomlangan konsert dasturi namoyish qilindi.



Elmurod ERMATOV, Andijon
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026