Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda sutka davomida 35dan oshiq jangari yo‘q qilindi
Afg‘onistonlik harbiylar sutka davomida mamlakatning turli viloyatlarida kamida 35 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga asoslanib, Hama Press agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘ldirilganlardan ikki nafari jangarilar qo‘mondonlari bo‘lgan. Shuningdek, amaliyotlar natijasida o‘nlab jangarilar jarohatlangan.
Maxsus amaliyotlar Nangarhar, Paktiya, Qandahor, Maydan-Vardaq, Uruzg‘on, Saripul, G‘ilmon, Bog‘lon, Qunduz, Hirot, G‘azna va Juzjon vailoyatlarida o‘tkazilgan. Quruqlikdagi qo‘shinlarni osmondan mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari qo‘llab-quvvatlagan.
Afg‘oniston armiyasining yo‘qotishlari haqida ma'lumot yo‘q.
Afg‘onistondagi vaziyat keyingi yarim yil ichida yomolashib bormoqda. Bu vaqtgacha asosan tog‘li hududlarda o‘z harakatlarini olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda past tekisliklardagi yirik shaharlarni egallash uchun harakatlar olib bormoqda. Qolaversa mamlakatning g‘arbiy qismida IShID jangarilari guruhlari paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026