Jahon | 19:22 / 09.05.2016
4809
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning Total neft-gaz kompaniyasi batareykalar ishlab chiqaruvchi kompaniyani xarid qilmoqda

Fransiyaning Total neft-gaz kompaniyasi akkumulyator va batareykalar ishlab chiqaruvchi   boshqa bir fransuz kompaniyasi Saft Groupe’ni 950 mln yevroga sotib olmoqda. Bu haqda ikki kompaniyaning birgalikda bergan xabariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda. Total shu tariqa Saft kompaniyasining har bir aksiyasiga 36,5 yevro to‘laydi.

"Saft bilan qo‘shilish – bizning qayta tiklanuvchi energiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejamizning bir qismidir, biz bu bozorga faol chiqmoqchimiz", deb aytdi Total bosh direktori Patrik Puyanne.

Saft transport, turli harbiy va fuqarolik sohalari uchun yuqori texnologik nikel va litiy batareyalar ishlab chiqaradi. Total qayta tiklanuvchi energiya bozoriga ta'sirini kenaygaytirishini o‘tgan oy e'lon qilgandi. Kompaniya bir nechta o‘zining bo‘linmalari, jumladan bir necha gaz strukturalari va innovatsion sho‘'ba korxonalarini birlashtirdi. Taxminlarcha, Saft kompaniyaning aynan shu qanotiga kiradi.

Total’ning investitsion dasturi bioyoqilg‘i va quyosh elektrostansiyalari kabi qayta tiklanuvchi energiyalarga 500 mln dollar kiritishni ko‘zda tutadi.

Avvalroq Total Eronda neft-kimyo majmuasini qurishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid